Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman Axborot xati
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SPORT VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TRANSPORT VAZIRLIGI
XALQARO KURASH ASSOTSIATSIYASI
XALQARO KURASH INSTITUTI
O‘ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI
TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI

A X B O R O T X A T I
Hurmatli hamkasblar!
Xalqaro Kurash instituti, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda Toshkent davlat transport universitetlari hamkorligida 2025-yil 07-08-may kunlari “Kurash sportini rivojlantirishning dolzarb muammolari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi.
Anjumanning bosh maqsadi kurash sport turini ommaviyligini oshirish va rivojlantirish, jismoniy tarbiya va sport sohasida o‘zaro tajriba almashish, xalqaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish, rivojlantirish, ilmiy va amaliy yutuqlar bilan o‘zaro o‘rtoqlashishga qaratilgan.
ANJUMAN SHO‘BALARI:
1. Kurash milliy sport turini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari;
2. Aholi o‘rtasida kurash milliy sportini ommalashtirishning nazariy-amaliy muammolari;
3. Kurash milliy sport turi bo‘yicha malakali mutaxassislar, trenerlar hamda hakamlar tayyorlashning ilmiy-amaliy asoslari;
4. Yuqori malakali kurash mutaxassislarini xorijga eksport qilishning zamonaviy tendensiyalari;
5. Kurash sport turini nufuzli Xalqaro sport tashkilotlariga hamda Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritish: muammolar va yechimlar.
Anjuman tillari: o‘zbek, rus va ingliz tillari
Anjumanda ishtirok etish istagida bo’lgan mahalliy va xorijlik sohaga daxldor bo’lgan keng omma va jismoniy tarbiya va sport tizimida ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borayotgan barcha professor-o‘qituvchilar, murabbiylar, mutaxassislar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar, talabalar hamda ilmiy jamoatchilik vakillari taklif etiladi.
Anjuman materiallari to‘plam holda chop etiladi hamda to‘plamning elektron varianti shakllantirilib (Pdf) universitetning internet-sahifasiga joylashtiriladi. Shuningdek, sertifikat bilan birga ishtirokchining talabnomasida ko‘rsatilgan elektron manzilga yuboriladi.
Xorijiy mutaxassislarni anjumanda ishtirok etish xarajatlari jo‘natuvchi tashkilot yoki ishtirokchining shaxsiy mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Anjumanda ishtirok etish talablari:
Anjumanda ishtirok etish uchun materiallarni 2025-yilning 30-aprelga qadar anjuman tashkiliy qo‘mitasining conference@kurashedu.uz elektron pochta manziliga jo‘natish so‘raladi.
1. Materiallarning matni 1-ilovada ko‘rsatilgan talablar asosida rasmiylashtirish. Bir muallifdan ikkitagacha maqola qabul qilinadi.
2. Anjumanda ishtirok etish talabnomasini 2-ilovadagi talablar asosida rasmiylashtirish.
3. Har bir material alohida faylda rasmiylashtirilib, muallif nomi bilan nomlanishi kerak («Ibragimov_tezis» (tezislar uchun).
Materiallarning matni 1-ilovada ko‘rsatilgan talablar asosida rasmiylashtirish. Bir muallifdan ikkitagacha maqola qabul qilinadi.
1. Anjumanda ishtirok etish talabnomasini 2-ilovadagi talablar asosida rasmiylashtirish.
2. Har bir material alohida faylda rasmiylashtirilib, muallif nomi bilan nomlanishi kerak (“Ibragimov_tezis” (tezislar uchun).
Materiallarni rasmiylashtirish talablari:
- Tezislarning mavzulari anjuman shoʻbalari nomlariga mos kelishi kerak.
- Tezislarda o‘tkazilgan ilmiy-tadqiqot natijalari keltirilgan bo‘lishi zarur.
- Materiallar 3-6 betdan oshmasligi, qog‘oz o‘lchami A4 formatda bo‘lishi, betlar raqamlanmasligi kerak.
- Ma’ruza materiallari MS Word dasturida Times New Roman (barcha tildagi maqolalar uchun) 14 shriftida rasmiylashtiriladi, qatorlar orasidagi interval 1, barcha tomonidan 2 sm.dan qoldirilishi zarur.
- Tezis matnining birinchi betida UDK keltiriladi.
- Mavzuning nomi katta harflar bilan qoraytirib, qog‘ozning o‘rtasiga avtomatik tarzda yoziladi.
- Keyingi qatorga ma’ruzachining ismi-familiyasi hamda ish joyi, lavozimi, mamlakat, shahar nomlari ko‘rsatiladi.
- Keyingi qatorda mualliflardan birining elektron manzili (E-mail) ko‘rsatiladi.
- Keyingi qatordan kalit so‘zlar keltiriladi.
- Keyingi qatordan tezis matni yoziladi.
- Taqdim etilgan materiallarda mavzuning dolzarbligi, o‘rganilganligi, tadqiqotning maqsadi, vazifalari, tadqiqot uslublari, natijalar tahlili va xulosalari ifodalanishi shart. Tezislar “Antiplagiat” dasturi orqali tekshiriladi, matnning haqiqiyligi 60% kam bo‘lmasligi kerak.
Qayd qilingan talablarga rioya qilib yozilmagan maqolalar to‘plamga kiritilmaydi.
Tezislar 2025-yilning 30-aprelga qadar qabul qilinadi.
5. Anjuman materialini chop etish sarf-xarajatlari homiylar tomonidan qoplanadi.
Ishtirok etish uchun tezislarni quyidagi manzilga yuboriladi:
| Tyel: |
| +998911902686/+998971969900 - Chorshamiyev Nuriddin Abdialimovich, |
Tashkiliy qo‘mita
1-ilova.
Tezislarni rasmiylashtirish bo‘yicha namuna
UDK: 796
KURASHCHILARDAGI TEXNIK-TAKTIK TAYYORLIKNING RAQOBATBARDOSH JIHATLARINI TAKOMILLASHTIRISH USLUBIYATI
Ibrohim Ibragimov, Ivan Ivanov
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
O‘zbekiston, Chirchiq
Elektron pochta:mail@umail.uz
USLUGI PO ULUCHSHENIYU SOREVNOVATELNЫX ASPEKTOV TEXNIKO-TAKTICHESKOY PODGOTOVKI KURASHISTOV
Ibragim Ibragimov, Ivan Ivanov
Uzbekskiy gosudarstvennыy universitet fizicheskoy kulturы i sporta
Uzbekistan, g.Chirchik
E-mail: mail@umail.uz
SERVICES TO IMPROVE COMPETITIVE ASPECTS OF TECHNICAL AND TACTICAL TRAINING OF KURASH PLAYERS
Ibragim Ibragimov Ibrahimovich, Ivan Ivanov
Uzbek State University of Physical Culture and Sport
Uzbekistan, Chirchiq
E-mail: mail@umail.uz
Kalit so‘zlar: 2 qator
Klyuchevыye slova: ne boleye 2 strok
Keywords: no more than 2 lines
Kirish. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn.
Tadqiqot maqsadi. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn.
Tadqiqotni tashkil qilish uslublari. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn.
Tadqiqot natijalari va muhokamasi. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn.
Xulosa. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn.
2-ilova.
“Kurash sport turini rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy anjumanda ishtirok etish uchun
TALABNOMA
(har bir ishtirokchiga alohida to‘ldiriladi)
| F.I.Sh.(to‘liq) | |
| Ish joyi (tashkilot) | |
| Ilmiy darajasi, unvoni, lavozimi | |
| Telefon | |
| Ishtirok etish shakli (kunduzi, sirtqi) | |
| Sho‘’ba | |
| Tezisning nomi |
Ushbu axborot xatini hamkasablaringizga yetkazishda amaliy yordam berishingizni so‘raymiz.