IKA Prezidenti Ulaanbatorda

IKA Prezidenti Ulaanbatorda

Ayni kunlarda Mo‘g‘iliston Kurash bilan nafas olmoqda. Xalqaro Kurash assotsiatsiyasining ikkita yirik chempionati mezbonligi aynan Mo‘g‘iliston poytaxtiga ishonib topshirilgan.

Chempionatga dunyoning 30 dan ortiq davlatlatlaridan 300 nafardan ortiq ishtirokchilaridan arizalar qabul qilingan. Kechadan boshlab ishtirokchi davlatlar, hakamlar, Xalqaro Kurash assotsiatsiyasi rasmiylari Mo‘g‘ilistonga yetib kelishmoqda.

Bugun tongda Xalqaro Kurash assotsiatsiyasi Prezidenti Janob Haydar Farmon Ulanbatorga tashrif buyurdi.

Chingizxon nomidagi Ulaanbator xalqaro Aeroporti rasmiy kutib olish zalida IKA Prezidenti Mo‘g‘iliston Kurash federatsiyasi Prezidenti Ganbaatar Begz, IKA Administratsiyasi raxbari Mansur Mirzayev, IKA texnik komissiyasi vakili Juan Da Wei, Mo‘g‘iliston jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi rasmiylari, OAV vakillari ishtirokida kutib olindi.

Kun davomida IKA Prezidentining Mo‘g‘iliston davlati sport rasmiylari, milliy olimpiya qo‘mitasi raxbarlari va milliy federatsiyalar Prezidentlari bilan uchrashuvlari rejalashtirilgan.